Pioli "Roma"ga qarshi o‘yin haqida: "Durang achchiq xotira sifatida tarixda qoladi"

  • 9 yanvar, 2023, 09:44
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli A Seriya 17-turi doirasidagi "Roma"ga qarshi 2:2 hisobi bilan yakunlangan uchrashuv haqida fikr bildirdi.

"Maqsadimiz boshqacha edi. Yaxshiroq harakat qilgan bahsimizda g‘alaba qozona olmaganimizdan xafamiz. Ikki bor standart vaziyatdan gol o‘tkazib yubordik, bunga yo‘l qo‘ymaslik lozim.

Hafsalamiz pir bo‘ldi. G‘alaba qozonishga haqli edik, afsus, o‘zimizga o‘zimiz muammo olib keldik. Shogirdlarimga shu o‘yin tempida davom etishlarini aytdim, biroq so‘nggi soniyalarga qadar konsentratsiyani yo‘qotmaslik kerak.

Bellashuv 2:1 hisobida tugashiga ishonib qoldik, bunday paytlarda yaxshiroq himoyalanishimiz darkor. Vaziyatni izohlash qiyin, bu bahsga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik, barchasi ko‘ngildagidek edi. Bugungi durang achchiq xotira sifatida tarixda qoladi.

"Napoli" bilan oradagi farq bizni qiziqtirmaydi. Bor e’tiborni o‘z o‘yinimizga qaratamiz. Keyingi uchrashuvlarga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘ramiz",-dedi 57 yoshli mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!