
Pirs Morgan: "U shunchaki ahmoq"
Pirs Morgan "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xagni ahmoq deb atadi.
«Chunki ten Hag butunlay ahmoq. Kechirasiz, lekin shunday. U "Manchester Yunayted"ga kelganidan beri ahmoq bo‘lib qoldi. Tan oling aslida ham shunday emasmi? U mutlaqo bema’ni gaplarni gapiradi.
Erikning eng katta muammosi shundaki, u g‘ayrioddiy iste’dodlarga qanday munosabatda bo‘lishni bilmaydigan kichik maktab o‘qituvchisiga o‘xshaydi. "Manchester Yunayted"da u bilan bardosh bera olmagan futbolchilarni qarang. Krishtianu Ronaldu, Jeydon Sancho, Markus Reshford. Bularning barchasi yuqori darajadagi futbolchilar.
U osonroq o‘yinchilarni boshqara oladi. U "Ayaks"dan olib kelgan, hech qachon katta jahon sahnasiga chiqmagan yigitlar bilan bardosh bera olishi mumkin. Lekin yuqori toifadagi futbolchilarga dosh berolmaydi.
"Manchester Yunayted" o‘tgan mavsumdagidan yomonroq bo‘ldi. Buni aytganimga ishonmayman. Demak, Krishtianu agar "Manchester Yunayted"da qolganida, hozirda mavjud bo‘lgan barcha hujumchilardan-da beqiyos bo‘lar edi. Chunki u buni Portugaliya bilan isbotlamoqda", - dedi Pirs Morgan.
Fikrlar