Pochettino: Xotinim jurnalistlardan ham battar

  • 12 mart, 2017, 16:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino turmush o‘rtog‘ini o‘zining birinchi raqamli tanqidchisi deb atadi.
"Xotinim doim televizor orqali o‘yinlarni tomosha qiladi, shuning uchun ham doim uyga qaytganimdan so‘ng mendan nega bunday qilganimni, yoki nega unday qilmaganimni so‘raydi.
Xotinim doim o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildiradi, o‘yindan oldin emas.
Biz yutqazdik - nega bunday o‘ynadinglar? Nega unday emas? Nega o‘yinni o‘zgartirmading? Ishonaveringlar, u sizlardan (jurnalistlar) ham battar",
- deydi argentinalik mutaxassis The Telegraph nashriga bergan intervyusida.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!