Pogba: "Hali qaytaman!

  • 4 iyul, 16:03
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozgi transferlar vaqtida "Monako"ga kelib qo‘shilgan, o‘z vaytida dunyoning eng zo‘r futbolchilaridan biri bo‘lgan yarim ximoyachi  Pol Pogba o‘zining praym davriga qaytmoqchi ekanligi xaqida gapirdi.

Tecno

"Men juda ko‘p xabarlar oldim va ulardan tasirlandim. Muxlislar va butun futbol axli qo‘llab-quvvatlashlari juda yoqimli. Bugun men o‘zimni xam ruxan, xam jismonan yaxshi darajaga olib chiqishga xarakat qilmoqdaman. "Monakoda" eng yaxshi darajaga qaytishga xarakat qilaman. Bu erda barcha sharoitlar va juda yaxshi energiya xamda ajoyib odamlar borligiga ishonch xosil qildim. Shu sababdan xam yuqori darajadagi o‘yin ko‘rsatib, qayta tiklanmoqchiman"- deydi frantsuz.

32 yoshli futbolchi "Monako"ga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. U 2024 yilda antidoping qoidalarini buzganligi sabab diskvalifikatsiya qilingach, "Yuventus"ni tark etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!