Pogba qachon safga qaytadi?

  • 20 mart, 2023, 13:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Yuventus”ning frantsiyalik yarim himoyachisi Pol Pogba yana jarohat oldi. Jamoa ustozi Massimiliano Allegrida esa uning qachon maydonga qaytishi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Allegrining so‘zlariga ko‘ra, Pogba uzoqroq muddatga safdan chiqqan.

“Yo‘q, Pogba xalqaro tanaffusdan keyin darhol safga qaytadi deb o‘ylamayman. Bu ko‘proq vaqt talab etadi”, - dedi Allegri Juvenews.eu nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” kecha safarda “Inter” ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Turinliklar A Seriyaning navbatdagi turida  o‘z uyida "Verona"ni qabul qiladi. Ushbu bahs 1 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!