Politsiya angliyalik muxlislarni xibsga oldi

  • 20 iyun, 2024, 18:31
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frankfurt politsiyasi Daniyaga qarshi Evropa chempionati guruh bosqichi 2-tur o‘yini oldidan Angliya terma jamoasining uch nafar muxlisini hibsga oldi. Bu haqda jurnalist Rob Xarris xabar berdi.

Qayd etilishicha, muxlislardan biri butilka uloqtirgani, ikkinchisi politsiyachini haqorat qilgani, uchinchisi politsiyaga qarata o‘t ochgani va giyohvand moddalar saqlagani uchun jarimaga tortilgan.

Ma’lumot uchun, Daniya va Angliya terma jamoalari bugun, 20 iyun kuni to‘qnash kelishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!