Portugaliyada Ronalduga qarshi chiqishdi

  • 22.06.2026 22:49
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

A Bola nashri o‘z sahifalarida qiziqarli so‘rovnoma o‘tkazdi: muxlislarga Portugaliya terma jamoasining O‘zbekistonga qarshi o‘yinda qaysi tarkibda maydonga tushishini tanlash taklif etildi. So‘rov natijalariga ko‘ra, nashr ikki xil asosiy tarkibni e’lon qildi: biri – jurnalistlar tanlovi, ikkinchisi – oddiy futbol ishqibozlarining varianti.

Jurnalistlar taklif etgan Portugaliya terma jamoasining asosiy tarkibi: Koshta – Kanselu, Diash, Inasiyu, Mendes, Vitin’ya, Joau Nevesh, Brunu Fernandes, Trinkau, Ramush, Felish.

Muxlislar tanlagan asosiy tarkib: Koshta – Kanselu, Diash, Arauju, Mendes, Vitin’ya, Joau Nevesh, Brunu Fernandes, Trinkau, Ramush, Felish.

E’tiborli si shundaki, ham jurnalistlar, ham muxlislar Krishtianu Ronalduni asosiy tarkibdan tashqarida qoldirish tarafdori bo‘ldi. Ikki tarkibni solishtirganda esa faqat bitta farq ko‘zga tashlanadi: himoya chizig‘ida Inasiyu o‘rniga Arauju yoki aksincha maydonga tushishi mumkin.

Portugaliya – O‘zbekiston uchrashuvi seshanba, 23 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!