Prevyu. "Andijon" - "Dinamo"

  • 12 aprel, 2024, 22:53
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

13 aprel kuni «Andijon» klubi O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichi doirasida «Bobur Arena»da Samarqandning «Dinamo» jamoasini qabul qiladi.

Tecno

Jamoalarning o‘zaro o‘yinlar statistikasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, shu paytgacha 42 bor kuch sinashishgan. «Andijon»da 15, «Dinamo»da 18 g‘alaba bor. Yana 9 ta uchrashuvda kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbati 54\64 «Dinamo» foydasiga.

Klublar oxirgi bor 2019 yili to‘qnash kelishgan. Andijonda 2:2 hisobi qayd etilgan. «Dinamo» maydonidagi o‘yinda esa mehmonlarning qo‘li baland kelgan – 0:1.

Klublarning ilk bellashuvi 1992 yilning 8 aprel kuniga to‘g‘ri keladi. O‘shanda jamoalarning nomlari ham hozirgidek emasdi. «Andijon» «Navro‘z», «Dinamo» esa «Marakanda» edi va o‘shanda Andijondagi o‘yinda mezbonlar 4:1 hisobida g‘alaba qozongan.

Eslatib o‘tamiz, “Andijon” – “Dinamo” bahsi 13 aprel, soat 18:30 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Искандар Нарзикулов
13/04/2024 09:18
Динамога омад факат галаба