Prevyu. "Andijon" - "Nasaf"

  • 14 mart, 05:24
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Andijon” 2025 yildagi o‘z maydonida o‘tadigan ilk rasmiy bahsni “Nasaf”ga qarshi o‘tkazishidan xabaringiz bor. Turning mazkur markaziy to‘qnashuviga qiziqish juda katta.

15 mart oqshomida “Bobur arena”da mutlaqo boshqacha atmosfera hukm suradi. Hamma orziqib kutayotgan bahs Andijonda ochilish o‘yiniga aylanadi.

“Andijon” va “Nasaf” qarama-qarshiligi hamma vaqt barchaning e’tibor markazida bo‘lib kelgan. Shu kunga qadar jamoalar milliy chempionatda 46 marotaba maydonda kuch sinashishgan. “Andijon”da 7, “Nasaf”da 28 ta g‘alaba bor. 11 ta o‘yinda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati 50\98 qarshiliklar foydasiga.

“Andijon” “Nasaf” ustidan so‘nggi marotaba 2023 yili Qarshida 0:1 hisobida g‘alaba qozongan. Shuningdek, Andijondagi “Bobur arena”da “Nasaf” oxirgi bor 2019 yilgi mavsumda mag‘lub etilgan. O‘shanda 3:1 hisobida “Burgutlar” ustun kelgan.

Eslatib o‘tamiz, “Andijon” – “Nasaf” bahsi 15 mart kuni “Bobur arena”da soat 19:30 da boshlanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!