Prevyu. "Bunyodkor" - "Dinamo"

  • 5 aprel, 2024, 12:19
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Superligada Superliga 5-tur bahslari davom ettiriladi. Toshketning «Bunyodkor» klubi o‘z uyida Samarqandning «Dinamo» jamoasini qabul qiladi.

Bunga qadar «Bunyodkor» va «Dinamo» bugungacha 24 marta to‘qnash kelgan. Statistikada «Bunyodkor» ustun. «Qaldirg‘ochlar» 20 o‘yinda g‘olib bo‘lgan, 3 o‘yin durang yakunlangan. «Dinamo» raqibni hozirgacha bir marta mag‘lub etgan – 2014 yilda Toshkentda Azamat Bobojonovning 90+4-daqiqada kiritgan goli evaziga.

To‘plar nisbatida ham ustunlik «Bunyodkor» tomonida - 48:14. O‘zaro o‘yinlarda «Dinamo» 6, «Bunyodkor» esa 63 ochkoni qo‘lga kiritgan.

Toshkent bo‘lib o‘tgan o‘zaro so‘nggi 5 uchrashuv:

31/03/22. Bunyodkor – Dinamo – 2:1
27/09/19. Bunyodkor – Dinamo – 4:2
20/04/17. Bunyodkor – Dinamo – 1:1
23/05/15. Bunyodkor – Dinamo – 1:0
23/08/14. Bunyodkor – Dinamo – 0:1.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!