
Prevyu. "Bunyodkor" - "Navbahor"
“Navbahor” O‘zbekiston Cuperligasi 3-turi doirasida safarda “Bunyodkor” (Toshkent) mehmoni bo‘ladi.
O‘zbekiston chempionatlari tarixida ushbu jamoalar o‘zaro 36 marotaba kuch sinashishgan. O‘tkazilgan o‘yinlarning 21 tasida “Bunyodkor” “lochinlar”ni mag‘lubiyatga uchratgan. “Navbahor” esa 9 ta o‘yinda g‘alaba qozongan. Oltita uchrashuvda esa tomonlar o‘zaro durangga imzo chekishgan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich 65:36, “qaldirg‘ochlar” foydasiga.
O‘zaro o‘yinlarda “Bunyodkor” 69 ochko, “Navbahor” esa 33 ochkoni qo‘lga kiritgan.
Ushbu klublarning o‘zaro o‘yinlaridagi eng yirik hisoblar 2009 va 2023 yillarda kuzatilgan. 2009 yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan bahsda “qaldirg‘ochlar” 6:0 hisobida g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, 2023 yilda dramatik tarzda kechgan bahsda “lochinlar” 5:1 hisobida zafar quchishgandi.
Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan 18 ta o‘yinning 14 tasida mezbonlar zafar quchishgan bo‘lsa, 1 ta uchrashuvda “Navbahor” g‘alaba qozongan, 3 ta bellashuvda esa g‘olib aniqlanmagan. To‘plar nisbati – 39:14, “qaldirg‘ochlar” foydasiga.
“Navbahor” matbuot xizmati.
Fikrlar