Prevyu. "Lokomotiv" - "Navbahor"

  • 19 sentabr, 2024, 18:06
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 19-turidan o‘rin olgan bahsni “Navbahor” safarda  “Lokomotiv” (Toshkent)ga qarshi o‘tkazadi.

Mazkur jamoalar O‘zbekiston chempionatlarining Superliga (oliy liga) o‘yinlarida o‘zaro 39 marta kuch sinashishgan. Mazkur bahslarning 20 tasida “temiryo‘lchilar” zafar quchishgan bo‘lsa, 14 ta uchrashuvda “lochinlar” g‘alaba qozonishgan. Yana 5 ta o‘yinda esa jamoalar durangga imzo chekishgan.

To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich – 58-52, “Lokomotiv” foydasiga. 

Ushbu klublarning o‘zaro o‘yinlaridagi eng yirik hisob 2016 yili qayd etilgan bo‘lib, unda “temiryo‘lchilar” o‘z maydonlarida 5:0 hisobida zafar quchishgan.

“Lochinlar”ning “Lokomotiv” ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g‘alabasi 2007 yili va joriy mavsumda Namanganda qayd etilgan bo‘lib,  “Navbahor” 2007 yili 6:2 hisobi, bu yil esa 4:0 hisobida zafar quchgandi.

O‘zaro bahslarda toshkentliklar 65, namanganliklar esa 47 ochkoni qo‘lga kiritishgan.

“Lokomotiv” – “Navbahor” jamoalari o‘rtasida shu kungacha Toshkentda o‘tkazilgan 19  ta uchrashuvning 14 tasida “temiryo‘lchilar” zafar quchishgan, 2 ta o‘yinda durang natija qayd etilgan hamda 3 ta bahsda “lochinlar” g‘alaba qozonishgan.

Toshkentda bo‘lib o‘tgan o‘yinlardagi to‘plar nisbati 39–15, “Lokomotiv” foydasiga.  

Eslatib o‘tamiz, “Lokomotiv” – “Navbahor” bahsi 20 sentyabr kuni Toshkent viloyatidagi “Do‘stlik” o‘yingohida soat 17:00 da start oladi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!