
Prevyu. "Navbahor" - "Metallurg" to‘qnashuvi raqamlarda
O‘zbekiston Superligasi 15-turi doirasida “Navbahor” safarda “Metallurg” mehmoni bo‘ladi.
Mazkur jamoalar Superliga (Oliy liga)da shu kungacha 53 marotaba o‘zaro ro‘baro‘ kelgan. O‘tkazilgan o‘yinlarning 24 tasida “lochinlar” g‘alaba qozongan bo‘lsa, 13 ta uchrashuvda bekobodliklar zafar quchgan, 16 ta bahsda esa jamoalar durangga imzo chekkan.
To‘plar farqidagi ustunlik namanganliklar tomonida: 76/51.
O‘zaro o‘yinlarda namanganliklar 88 ochko, bekobodliklar esa 55 ochkoni qo‘lga kiritgan.
“Navbahor”ning “Metallurg” ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi 7:0 ga teng bo‘lsa, bekobodliklarning namanganliklar ustidan erishgan eng yirik g‘alabasi – 5:1.
Ushbu klublarning 1-davrada Namanganda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida mezbonlar yirik – 3:0 hisobida g‘alaba qozongan, gollarga Jamshid Boltaboev (38), Jasurbek Yaxshiboev (42) va Jamshid Iskanderov (90+2)lar mualliflik qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, “Metallurg” – “Navbahor” bahsi 4 avgust kuni Bekobod shahridagi “Metallurg” stadionida soat 20:00 da start oladi.
“Navbahor” matbuot xizmati
Fikrlar