
Prezident Abbosbek Fayzullaevga nimalar dedi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Moskvaning TsSKA klubi hujumkor yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev PulNews YouTube kanaliga bergan intervyusida Prezident Shavkat Mirziyoev bilan uchrashuvda bo‘lgan muloqot haqida so‘zlab berdi.
“Prezidentimiz biz kabi futbolchilar borligidan, legionerlar borligidan faxrlanishini aytdilar. Chunki baribir legioner bo‘lish qiyin, sababi siz yurtdan tashqarida Vatan bayrog‘ini himoya qilasiz. Shuning uchun ham Prezidentimiz doim bizni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdilar. O‘z ustimizda yanayam ko‘proq ishlab, bundan ham yaxshiroq jamoalarda to‘p surishimiz kerakligini aytdilar”, - dedi Fayzullaev.
Fikrlar