Prezident Olimpiadasi start olmoqda
Poytaxtimizda o‘zbek sportidagi yilning muhim voqeliklaridan biri — “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqalarining final bosqchi hisoblangan Prezident Olimpiadasi boshlanmoqda. Ertadan musobaqa ishtirokchilari Toshkentda jam bo‘lishadi. 24 noyabrdan esa yurtimizning eng kuchli yosh sportchilari g‘oliblik uchun bahslarga kirishishadi.
Boks, erkin kurash, yunon-rum kurashi, dzyudo, og‘ir atletika, engil atletika, 3x3 basketbol, badiiy gimnastika, taekvondo WT, stol tennisi kabi 10 ta Olimpiya sport turini o‘z ichiga olgan bahslar Olimpiya shaharchasi, Chirchiq Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hamda Gimnastika bo‘yicha Olimpiya zaxiralari bolalar va o‘smirlar sport maktabida tashkil etiladi.
15-17 yoshli o‘smirlar o‘rtasida o‘tkaziladigan ushbu musobaqa milliy terma jamoalarimizga iqtidorli yoshlarni selektsiya qilish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu haqda MOQ xabar bermoqda.



Fikrlar