Professional boks afsonasi Roy Jons Toshkentga kelmoqda

  • 21.11.2019 18:21
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Xabib Nurmagomedov ishtirokidagi matbuot anjumani bekorga qoldirilmaganga o‘xshaydi. Chunki professional boks olamining yorqin namoyondalaridan biri kichik Roy Jons ertaga tong saharda poytaxtimizga uchib keladi.

AQSh lik afsona o‘zining instagram sahifasida Otabek Umarovning O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi prezidenti bo‘lganligi bilan tabriklab, 23 noyabr kungi ilk rasmiy turnirning bir qismi bo‘lishidan xursand ekanligini yozib qoldirgandi. U Toshkentga kelishga qaror qilgan va o‘z o‘rnida "Humo Arena"da o‘tkaziluvchi GFC 20 turnirining faxriy mehmonlaridan biri bo‘ladi.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!