
2019 yil professional boks olamidagi "super" gonorarlar kimlarga tegishli ekanligini bilasizmi?
Bu borada etakchilik Buyuk britaniyalik Entoni Joshuaga nasib qiladi. U meksikalik Endi Ruis bilan revansh jangi uchun 85 mln AQSh dollarini qo‘lga kiritadi.
1. Entoni Joshua – 85 mln $
Qiziqarlisi, ikkinchi o‘rinni bloggerlar band etishgan. KSI va Logan Paul o‘rtasidagi boks bo‘yicha janglar uchun 150 million gonorar belgilangan. Har ikkisi uchun 75 mln $ dan.
2. KSI va Logan Paul – 75 mln $
“Pound-for-Pound” etakchisi meksikalik Saul Alvares uchun joriy yil anchagina daromadli keldi. U dastlab, Daniel Jeykobs ustidan qozonilgan g‘alabasi uchun 36 mln $ miqdoridagi mablag‘ni egasiga aylandi.
3. Saul Alvares -36 mln dollari
Navbatdagi o‘rinni ham “Kanelo” qo‘lga kiritdi. U Sergey Kovalyov bilan yarimog‘ir vazn toifasidagi debyuti uchun 35 million dollarni qo‘lga kiritdi. Darvoqea, jang qanday yakunlanganidan ham yaxshigina xabardorsiz.
4. Caul Alvares – 35 mln $
“Yil sensatsiyasi” sifatida e’tirof etilgan Entoni Joshua hamda Endi Ruis bilan birinchi jang uchun britaniyalik charmqo‘lqop ustasi 25 million dollar ishlab topgan.
5. Entoni Joshua – 25 mln $
Ko‘p bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin va ukrainalik Sergey Derevyanchenko bilan jang uchun GGG 15 million dollarni qo‘lga kiritdi.
6. Gennadiy Golovkin – 15 mln $
Entoni Joshua meksikalik bokschi bilan har ikki jangda ulkan summani qo‘lga qiritganidan keyin, Endi Ruis ham bu ro‘yxatdan o‘rin olmasa adolatsizlik bo‘lardi. U britaniyalik bilan revansh jangi uchun 13 million dollar oladi.
Endi Ruis – 13 mln $
“Lo‘lilar qiroli” deya e’tirof etiluvchi, Tayson Fyuri Tom Shvarts bilan jang uchun 11 million dollarni qo‘lga kiritdi. Uning WWE dagi debyutida bundan ancha ko‘p miqdordagi mablag‘ni qo‘lga kiritganligi borasida ham xabaringiz bor bo‘lsa kerak...
8. Tayson Fyuri – 11 mln $
WBC ning super og‘ir vazn toifasi chempioni Deontey Uaylder Dominik Brazil bilan bo‘lgan jang uchun cho‘ntagiga 10 million dollarni solib qo‘ydi.
9. Deontey Uaylder – 10 mln $
Daniel Jeykobs ham Saul Alvares bilan jangdan yaxshigina mablag‘ ishlab topgan. U 10 million dollarga ega chiqqan edi.
10. Daniel Jeykobs – 10 mln $
Jalol Ahmedov tayyorladi
Fikrlar