PSJ 6 oydan so‘ng erkin agentga aylanadigan futbolchi uchun 20 mln evro to‘lashga tayyor

  • 24 yanvar, 2023, 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Parij klubi qishki transfer oynasida “Inter” himoyachisi Milan Shkrinyarni sotib olmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Jurnalist Adrien Grenierning yozishicha, Parij grandi slovakiyalik futbolchining shartnomasi 6 oydan keyin tugashiga qaramay, uning transferi uchun “neradzurrilar”ga 20 million evro taklif qilishga tayyor.

Ta’kidlash kerakki, futbolchining o‘zi avvalroq "Inter" bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgan edi. PSJ Shkrinyarga yiliga 9 million evro maosh taklif qilishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Shkrinyar o‘tgan yozda PSJga o‘tishi mumkin edi, biroq «Inter» uning transferi uchun 70 million evro talab qilgan va shu sababli ushbu kelishuv amalga oshmay qolgan.

Milan joriy mavsum “Inter” safida A Seriyada 18 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!