
PSJ -"Inter": O‘zaro to‘qnashuvlardagi ustunlik qaysi jamoada?
Bugun UEFA Chempionlar Ligasining joriy mavsumdagi so‘nggi bahsi - final bellashuvi bo‘lib o‘tadi. Ushbu bahsda PSJ va "Inter" jamoalari to‘qnash keladi. Bellashuvda g‘alaba qozongan jamoa EChLning 2024-25 yilgi mavsumi chempioniga aylanadi.
Ushbu jamoalar bugunga qadar umumiy 5 marotaba to‘qnash kelgan. Mazkur to‘qnashuvlarning barchasi o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida tashkil etilgan.
O‘zaro bahslardagi ustunlik PSJda. Jamoa ushbu 5 ta bellashuvning 3 tasida g‘alabani qo‘lga kiritgan. "Inter" esa bir marotaba muvaffaqiyat qozongan. Jamoalar o‘rtasidagi bir uchrashuvda esa jamoalar kuchi teng kelgan. O‘rtoqlik o‘yinidagi eng katta farq bilan qozonilgan g‘alaba PSJga tegishli - 1:3.
Fikrlar