PSJ "Atletiko" yulduzini nishonga oldi
Frantsiyaning PSJ klubi " Atletiko Madrid" futbolchisi Xulian Alvaresni sotib olishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, parijliklar argentinalik futbolchining o‘yinlarini sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda. Uning o‘yini Luis Enrikening taktikasiga mos keladi deb hisoblanyapti. Futbolchini PSJ bosh murabbiyining shaxsan o‘zi jamoada ko‘rishni istayapti. Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 25 yoshli futbolchini "matraschilar" 120 million evroga sotib yuborishga tayyor. "Transfermarkt" portali futbolchini 100 million evroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, "Spider-man" joriy mavsumda umumiy 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urib 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Fikrlar