
PSJ "Barselona" futbolchisi uchun jahon futboli tarixidagi rekord darajada mablag‘ taklif qilmoqda!
Mish-mishlarga ko‘ra, "Barselona" vingeri Lamin Yamalga yana PSJ jiddiy qiziqish bildirmoqda. Fransuz grandi 16 yoshli vunderkindni “Real”ga erkin agent sifatida qo‘shilgan Kilian Mbappega o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, PSJ Yamal uchun "Barselona"ga jahon futbol tarixidagi rekord summa - 250 million evro to‘lashga tayyorligi haqida allaqachon ma’lum qilingan. Kataloniyaliklarning bu boradagi pozitsiyasi o‘zgarishsiz qolmoqda - futbolchi sotilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yilda barcha davrlarning eng qimmat transferini aynan o‘sha PSJ amalga oshirgan va u Neymarni “Barselona”dan 222 million evroga sotib olgandi. Transfermarkt portali ekspertlari Lamin Yamalning narxini 90 million evroga baholamoqda.
Fikrlar