
PSJ bir nechta futbolchini asosiy jamoa rejalaridan chiqardi
Randal Kolo-Muani mavsumoldi tayyorgarlikni PSJning 21 yoshgacha bo‘lgan yoshlar jamoasida boshlaydi. Bu haqda "Le Parisien" nashri xabar bermoqda.
O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Yuventus"da ijarada o‘tkazgan hujumchi asosiy jamoaning kelgusi mavsumdagi rejalariga kiritilmagan. Turindagi faoliyati davomida frantsuz futbolchi A Seriyaning 16 ta o‘yinida 8 ta gol urgan bo‘lsa-da, ijaradan qaytgach, unga PSJning asosiy tarkibidan joy topilmadi.
Parijliklarning boshqa futbolchilari - Milan Shkrinyar, Marko Asensio, Karlos Soler va Nordi Mukiele ham xuddi shunday ahvolga tushib qoldi. Ularning barchasi yoshlar jamoasiga o‘tkazilgan bo‘lib, PSJ yozgi transferlar oynasida ularni sotish imkoniyatlarini o‘rganib chiqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kolo-Muani parijliklar safiga 2023 yilning yozida "Ayntraxt"dan 90 million evro evaziga o‘tgan edi.
Fikrlar