
PSJ Chempionlar ligasida antiqa rekord o‘rnatdi
"Pari Sen-Jerman" Chempionlar Ligasi nimchorak bosqichiga chiqish uchun o‘tkazilgan pley-off uchrashuvlarini juda ishonchli tarzda o‘tkazdi. Parijliklar "Brest" jamoasini ikkala bahsda ham yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. Birinchi o‘yinda 3:0 hisobida g‘alaba qozonilgan bo‘lsa, ikkinchi uchrashuvda parijliklar o‘z tarixidagi eng yirik Evrokubok g‘alabasini qayd etdi – 7:0.
Eng qiziq jihati shundaki, bu bahsda PSJning har bir golini turli futbolchilar urdi. Ma’lum bo‘lishicha, bu Chempionlar Ligasi tarixida ilk bor sodir bo‘ldi. Bungacha hech qaysi jamoa bir o‘yinda ettita turli futbolchi orqali gol urmagan edi.
Endi PSJ 1/8 finalda Angliyaning "Liverpul" klubi bilan to‘qnash keladi.
Fikrlar