PSJ himoyachisi Turkiya chempionatiga yo‘l olmoqda

  • 3 yanvar, 03:35
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ himoyachisi Milan Shkrinyarni "Galatasaroy" o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda. Ayni paytda PSJ bilan Turkiya klubi muzokaralar olib boryapti.

Florian Plettenberg xabar berishicha, jamoa himoyachini sotib olish bandi bilan ijaraga olishga harakat qilmoqda. Milan ham bu transferga rozi bo‘lgan. 

Shkrinyarga bu mavsum kam o‘yin amaliyoti berilmoqda. U atigi 5 ta uchrashuvda maydonga tushirildi. U 2023 yilning yozida erkin agent sifatida PSJga kelib qo‘shilgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!