PSJ Konte bilan ham muzokaralar olib bormoqda

  • 8 mart, 2018, 14:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Chelsi” klubi bosh murabbiyi Antonio Konte Angliya premer-ligasidan Frantsiya chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Tecno

L'Equipe tarqatgan xabarga ko‘ra PSJ 48 yoshli italiyalik mutaxassisning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Ta’kidlash kerakki, Parij klubi vakillari allaqachon Konte bilan aloqaga chiqishgan va o‘zaro muzokaralarni boshlab yuborishgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq PSJ boshqa bir italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti hamda “Arsenal” ustozi Arsen Vengerlar bilan ham aloqaga chiqqani haqida xabarlar tarqalgan edi. Jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Unai Emeri esa katta ehtimol bilan yozda o‘z lavozimini tark etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!