
PSJ Mbappe bo‘yicha bir qarorga keldi
PSJ rahbariyati Kilian Mbappeni qo‘ldan chiqarganini tan oldi. Endi klub xo‘jayinlari 23 yoshli hujumchiga boshqa shartnoma taklif qilmaydi.
Kilianni olib qolish maqsadida klub rahbariyati o‘ta manfaatli shartlar taklif qildi. Ularning aksariyati “Real”ning shartnomasidan yaxshi edi. Kilian bu bitimlarning birortasini qabul qilmadi.
Bundan bilish mumkinki, Mbappe “Real”ga o‘tish borasida qarorga kelib bo‘lgan va uni pul bilan o‘zgartirib bo‘lmaydi.
PSJ to‘purari 30 iyun kuni erkin agentga aylanadi. Shunga qaramay, hali faoliyatini qaerda davom ettirish bo‘yicha fikrini oshkor qilgani yo‘q.
Fikrlar