PSJ Mbappe uchun “Real”dan o‘ch oladi

“Pari Sen-Jermen” rahbariyati Kilian Mbappening klubdan ketishiga sekin-asta ko‘nika boshladi. Parijliklar asosiy futbolchisini yo‘ldan urgan “Real”dan o‘ch olish rejasini tuzib qo‘ydi, deb xabar tarqatdi Realmadrid Exclusivo nashri.

Manbaga ko‘ra, PSJ mutasaddilari “Real” olishni mo‘ljallab yurgan boshqa futbolchilarni o‘ziga og‘dirib olish orqali madridliklar rejalarini puchga chiqara boshlaydi. Birinchi navbatda, parijliklar “Qirollik klubi” anchadan beri kuzatib yubgan frantsiyalik Leni Yoroni olib keladi. “Lill”da o‘ynayotgan 18 yoshli futbolchi dunyoning eng iqtidorli markaziy himoyachsilaridan biri hisoblanadi.

Yoro “Real”ga o‘tishga yaqin turibdi. Parijliklar uni yanvar oyi ichida o‘z safiga qo‘shib olish uchun katta xarajatlardan qochmaydi. Hozir ular mana shu masalani tezroq hal qilish harakatini boshlab yuborgan.

Yoro joriy mavsumda barcha turnirlarda 23 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning shartnomasi 2025 yilning yozigacha davom etishi rasmiylashtirilgan. Yoro 25 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!