PSJ Mbappega katta summada pul to‘lab beradigan bo‘ldi

  • 16 dekabr, 18:41
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sud Frantsiyaning PSJ klubini jamoaning sobiq hujumchisi Kilian Mbappega ish haqi bo‘yicha 61 mln evro to‘lashga majbur qildi. Qaror bir ovozdan qabul qilindi, hukm darhol ijro etilishi kerak, deb xabar bermoqda mashhur RMC Sport onlayn nashri.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning noyabrida Mbappe PSJdan 263 mln evro tovon puli talab qilayotgani haqida xabar berilgandi. Bu summaga hujumchiga shartnoma tugaganidan keyin to‘lanmagan maosh va mukofot pullari, shuningdek, unga jamoada qanday munosabatda bo‘lgani uchun tovon puli ham kiradi.

Kilian 2024 yilning yozida "Pari Sen-Jermen"ni erkin agent sifatida tark etgandi. Futbolchi Madridning "Real" klubi safiga kelib qo‘shildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!