PSJ Olise transferi poygasiga qo‘shildi
PSJ rahbariyati "Bavariya"ning yulduz hujumkor yarim himoyachisi Maykl Olise uchun kurashga qo‘shilishni rejalashtirmoqda.
L'Equipe nashri ma'lumoticha, parijliklar shu yozgi transfer oynasining o‘zidayoq 24 yoshli fransuz futbolchisini qo‘lga kiritish bo‘yicha "Bavariya" bilan muzokara boshlashni ko‘zlamoqda. Olisega faqat PSJ emas, balki "Real" ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Xabarlarga ko‘ra, ispaniyaliklar Maykl uchun taxminan 150 million yevro taklif qilishga tayyor. Shu bilan birga, "Bavariya" hozircha o‘zining eng asosiy yulduzlaridan birini sotishga shoshilmayapti.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Maykl Olise Germaniya chempionatida "Bavariya" tarkibida 32 o‘yin o‘tkazib, 15 ta gol urdi va 19 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar