
PSJ posboni jamoasini o‘zgartirmoqchi
Frantsiyaning PSJ klubi darvozaboni Kevin Trapp etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lolmayotgani sabab jamoasini o‘zgartirmoqchi.
27 yoshli germaniyalik futbolchining agenti Yorg Noybauer Sport 1 telekanaliga bergan intervyusida mijozining rostdan ham Parij klubidan ketishni rejalashtirayotgani haqidagi xabarni tasdiqladi.
Ma’lumotlarga qaraganda Trappning xizmatlariga "Liverpul" va "Kristal Pelas" kabi APL jamoalaridan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda.
Fikrlar