
PSJ prezidenti Enrikening ishidan mamnun!
PSJ prezidenti Nosir al-Xelayfi jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike haqida gapirdi.
"Murabbiyimiz Luis Enrike bilan faxrlanaman – u ajoyib ishlamoqda. Gap nafaqat natijalar, balki o‘yinimiz, strategiyamiz va yangi jamoani qurish haqida ham. Shuningdek, men sport direktorimiz Kampush o‘z ishini a’lo darajada bajarmoqda. Xuddi shu gaplar futbolchilarga ham tegishli. Biz ulardan mamnunmiz", - deya Xelayfining so‘zlarini keltiradi "RMC Sport".
Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik mutaxassis o‘tgan yozda Parij grandida ish boshlagandi. U allaqachon parijliklarni Chempionlar ligasining chorak finaliga olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari, Liga 1da ishonchli tarzda peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar