
PSJ Ramos o‘rniga boshqasini o‘ynadi
PSJga o‘tgan Serxio Ramos jarohati tufayli bir muddat jamoaga yordam bera olmaydi.
Parij klubi xo‘jayinlari buni inobatga olib, uning o‘rnida o‘ynash uchun boshqa futbolchini transfer qilishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, parijliklar “Napoli” himoyachisi Kalidu Kulibaliga ko‘z tikmoqda va klub mutasaddilari senegallik futbolchining agenti bilan uchrashuv o‘tkazishga ham ulgurdi.
Kulibali 2014 yildan beri Neapol shahri jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Uning amaldagi shartnomasi yana ikki yil davom etadi.
Fikrlar