PSJ Shkrinyarning transferi bo‘yicha ishlarni boshlab yubordi

  • 01.09.2020 12:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Slovakiya terma jamoasi va “Inter” klubi himoyachisi Milan Shkrinyar faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirish imkoniyatiga ega.

Goal.com tarqatgan xabarga qaraganda, 25 yoshli futbolchiga PSJ jiddiy qiziqish bildirmoqda. Parijliklar allaqachon ushbu transfer bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan. “Neradzurrilar” esa uni 60 mln evroga baholamoqda.

Shkrinyar “Inter” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelyapti. U o‘tgan mavsum Italiya chempionatida 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!