PSJ ustozi qamalishi mumkin

  • 19.04.2023 17:27
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

PSJ bosh murabbiyi Kristof Galte qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Kristof Galte irqchilikda ayblanmoqda. Yaqinda "Nitstsa"ning sobiq direktori rahbariyatga ilgari ushbu klubda ishlagan Galtening so‘zlari haqida gapirgan xat mazmuni ma’lum bo‘ldi. Murabbiy jamoada qora tanlilar va musulmonlar ko‘p bo‘lmasligi kerak degan.

Nitstsa prokuraturasi o‘tgan haftada tergov boshlagan. Agar frantsiyalik mutaxassisga qo‘yilgan ayblar isbotlansa, murabbiy 3 yilgacha qamoq jazosi va 45 ming evro miqdorida jarimaga tortilishi mumkin. Bu haqda "RMC Sport" nashri xabar berdi.

Ayni damda Kristof jamoani 21 aprelda bo‘lib o‘tadigan Liga 1 doirasidagi "Anje"ga qarshi safar uchrashuviga tayyorlamoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!