PSJda omadi kelmagan futbolchi APLga qaytishi mumkin

  • 25.01.2022 21:49
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

PSJ yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum Parij jamoasini tark etish arafasida, deb xabar berdi ESPN.

Manbaning xabariga ko‘ra, futbolchi Angliya Premer-ligasiga qaytmoqchi. Yarim himoyachini «Arsenal», «Liverpul» va «Nyukasl» klublari o‘z tarkiblariga qo‘shib olishmoqchi. Lekin, katta ehtimol bilan Veynaldum Mersisaydliklar safiga qaytadi.

31 yoshli xavbek PSJ tarkibida barcha turnirlarda 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!