PSJda porlolmagan yulduzga zo‘r xaridor chiqdi

  • 11 dekabr, 2021, 20:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” g‘alabalari katta hissa qo‘shganidan keyin katta maosh orzusida PSJga o‘tgan Jorjino Veynaldum Frantsiya chempionatini tark etishni istayapti.

Tecno

Maurisio Pochettino jamoasida niderlandiyalik yarim himoyachi o‘zi istagan darajada muhim o‘yinchiga aylana olmadi.

Vaziyatdan “Arsenal” foydalanib qolmoqchi. “Kanonirlar” qishki transferlar vaqtida Veynaldumni Angliya premer-ligasiga qaytarishni rejalashtirgan.

31 yoshli futbolchining parijliklar bilan shartnomasi 2024 yilning yozigacha tuzilgan.

Veynaldumga “Barselona” ham jiddiy qiziqish bildirgandi. Biroq, futbolchiga PSJ taklif qilgan shartnoma ma’qul bo‘ldi va u erkin agent sifatida Frantsiyaga yo‘l oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!