PSJning yana bir hujumchisi bir oyga safdan chiqdi
PSJning hujumkor yarim himoyachisi Dezire Due Frantsiya terma jamoasining Ukrainaga qarshi o‘yinida jarohatlanib, maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Futbolchining taxminiy tiklanish muddati ma’lum bo‘ldi.
"L'Equipe" nashrining xabar berishicha, Due keyingi 3-4 hafta davomida parijliklar safida o‘ynay olmaydi. Uning boldir mushagi shikastlangani aniqlandi.
Eslatib o‘tamiz, Ukrainaga qarshi o‘yinda Parij klubining yana bir asosiy futbolchisi Usmon Dembele ham jarohat olgan edi. U taxminan olti hafta jamoaga yordam bera olmaydi.
O‘tgan mavsumda PSJning 20 yoshli yarim himoyachisi 61 ta o‘yinda ishtirok etib, 16 ta gol urdi va 16 ta golli uzatma berdi.



Fikrlar