
Pul ortidan ergashib, katta xatoga yo‘l qo‘ydi
Niderlandiyalik yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum o‘tgan mavsum “Liverpul”ning yangi shartnoma bo‘yicha taklifini qabul qilmasdan erkin agent sifatida klubni tark etgan edi.
Avvaliga Ronald Kuman taklifiga ko‘ra “Barselona”ga o‘tishi kutilgan edi. Biroq PSJ xo‘jayinlari katta maosh bilan uni o‘ziga jalb qildi. Veynaldum tanlovda adashganini keyin bildi.
Parijdagi yuldazlar jamoasida unga joy tengmayapti. 31 yoshli futbolchi etarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani sababli PSJni tark etishni rejalashtirmoqda. Tajribali yarim himoyachi yana “Liverpul”ga qaytish istagida.
Veynaldum joriy mavsumda barcha turnirlarda 22 ta uchrashuv o‘tkazib, uchta gol va bitta assist muallifi bo‘ldi. 2024 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega futbolchining transferi 25 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar