Pulishich «Roma»ga o‘tishi mumkin

  • 13.06.2026 17:49
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Amerikalik hujumchi Kristian Pulishich yaqin orada jamoasini almashtirishi mumkin. U haqida «Roma» klubi bilan bog‘liq ehtimoliy transfer haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

 

Pulishich uch yildan beri «Milan» sharafini himoya qilib kelmoqda, ammo so‘nggi paytlarda uning o‘yini unchalik omadli kechmayapti – u klub uchun oxirgi golini o‘tgan yili urgan edi.

Italiyadagi nufuzli sport jurnalisti Alfredo Pedulla tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, Pulishich «Roma» safiga o‘tishi mumkin. 

 

Uning aytishicha, futbolchining agenti rimliklar rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda va ehtimoliy transfer shartlarini muhokama qilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum yakuniga ko‘ra, Seriya A chempionatida «Roma» so‘nggi turda turnir jadvalidа «Milan»ni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!