Qamalishi mumkin bo‘lgan "Real" futbolchisiga Italiyadan xaridor chiqdi

  • 26 aprel, 2020, 17:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning "Milan" klubi "Real" forvardi Luka Yovichni o‘z safida ko‘rmoqchi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “rossonerilar” 22 yoshli serbiyalik futbolchini jamoadan ketishi mumkin bo‘lgan shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibragimovichga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rishmoqda.

Bundan avvalroq esa Yovich Serbiyada karantin qoidalarini buzgani uchun 3 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqalgan edi.

“Real” Yovichni o‘tgan yilning yozida 60 mln evro evaziga “Ayntraxt”dan sotib olgan edi. U joriy mavsum 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!