“Qarg‘alar“ Azarni ko‘zladi

  • 18 noyabr, 2021, 18:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning asosiy tarkibidagi o‘rnini yo‘qotgan Eden Azar qishki transferlar mavsumida Angliya chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Belgiyalik yarim himoyachiga “Nyukasl” xaridor bo‘lmoqda. Saudiyalik investorlar jamoaga Azarni olib kelish uchun “Qirollik klubi”ga 40 million evro to‘lashga tayyor.

“Real” rahbariyati ham bu o‘yinchi bilan xayrlashishga tayyor. Chunki bosh murabbiy Karlo Anchelotti Eden avvalgi darajasiga chiqa olishiga ishonmayapti va uni asosiy tarkibdan tobora uzoqlashtirib bormoqda.

Biroq, “Nyukasl” ayni paytda premer-liga jadvalining xavfli zonasida joylashgani va mavsum yakunida quyi ligaga tushib ketish ehtimoli kattaligi ko‘p futbolchilar kabi Azarning ham bu jamoaga rad javobini berishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!