Qatar mundiali bu borada rekord o‘rnatdi

  • 19.12.2022 19:10
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Futbol bo‘yicha Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionati yakunlandi va unda 32 ta terma jamoa qatnashdi. Turnir oltin medallariga Messi boshchiligidagi Argentina terma jamoasi ega chiqdi. 2018 yilgi musobaqa chempionlari Frantsiya futbolchilari esa kumush medal sohiblariga aylandi. Uchinchi o‘rinni Xorvatiya terma jamoasi egalladi.

Bu yilgi jahon chempionati gollar soni bo‘yicha tarixda rekord o‘rnatdi. Turnirda jamoalar jami 172 ta gol urdi va bu tarixdagi eng yaxshi natija sanaladi.

Angliya va Eron o‘rtasidagi bahs eng sermahsul o‘yin bo‘ldi va unda (6:2) 8 ta gol urildi.
Ilgari 1998 va 2014 yilgi turnirlarda 171 tadan gol urilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilda jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksika davlatlarida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!