Qatar tarixiy ochkoni qo‘lga kiritdi

  • 14.06.2026 11:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Qatar terma jamoasi Jahon chempionati–2026ning «B» guruhidagi ilk oʻyinida Shveytsariyaga qarshi maydonga tushdi va durangga rozi boʻldi — 1:1. Shu tariqa yaqin sharqliklar oʻz tarixida ilk bor jahon chempionatlarida ochko qoʻlga kiritdi.

AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qilayotgan bu chempionat oldidan Qatar terma jamoasi jahon birinchiligida faqat bir marta ishtirok etgan edi. 2022 yilda Qatar musobaqaga mezbon sifatida toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanma olgandi.

Bugungi bellashuvdan soʻng Qatar va Shveytsariyaning har biri bir ochkodan jamgʻardi. Turnir jadvalidа Shveytsariya hozircha birinchi, Qatar esa uchinchi oʻrinni egalab turibdi. Kanada hamda Bosniya va Gertsegovina ham bir ochkodanga ega: kanadaliklar ikkinchi, bosniyaliklar toʻrtinchi pogʻonada joylashgan.

2-turda Qatar terma jamoasi 19 iyun kuni Kanadaga qarshi oʻynaydi. 3-turda esa 24 iyun sanasida Bosniya va Gertsegovinaga qarshi maydonga tushadi. Shveytsariya 2-turda 18 iyunda Bosniya va Gertsegovinaga qarshi, 3-turda esa 24 iyunda Kanadaga qarshi bahs olib boradi.

Futbol boʻyicha Jahon chempionati–2026 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksika hududida oʻtkazilmoqda. Amaldagi jahon chempioni — Argentina terma jamoasi. 2022 yildgi jahon chempionati finalida argentinaliklar Fransiyaga qarshi oʻynashgandi. Asosiy vaqt 3:3 hisobida yakunlangan, penaltilar seriyasida esa Argentina 4:2 hisobida gʻalaba qoʻzongan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!