Qimmatbaho hujumchi PSJdan ketadigan bo‘ldi

  • 12 oktabr, 2024, 09:00
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Pari Sen-jermen” hujumchisi Randal Kolo-Muani qishki transferlar davrida jamoasini almashtirishga qaror qildi. 

Katta umidlar bilan jamoaga olib kelingan frantsiyalik futbolchi bosh murabbiylikka Luis Enrike tayinlanganidan keyin ancha qiynalib qoldi. 

“Ayntraxt”da to‘purarlik mahoratini namoyish qilganidan keyin 2023 yilning yozida Parij klubiga 95 million evroga transfer qilingan 25 yoshli hujumchi ispaniyalik mutaxassisning o‘yin uslubiga mos tushmayapti. 

Natijada Randal etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayapti. Joriy mavsumda barcha turnirlarda 9 marotaba maydonga tushib, jami 366 daqiqa o‘ynadi va o‘z hisobga bir juft gol yozdirib qo‘ydi. 

Randal Kolo Muanining klub bilan kelishuvi 2028 yilning30 iyunigacha davom etirishi belgilangan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!