
Qimmatga ketgan “qariya”lar!
Transfer bozorida ko‘p jamoalar kelajakni o‘ylab, o‘z safiga yosh, tezkor, baquvvat o‘yinchilarni qo‘shib olishga harakat qiladi. Biroq, futbolda yoshi 30 dan o‘tgan bo‘lsa-da, xizmatiga ehtiyoj katta bo‘lgan va qimmatga transfer qilingan futbolchilar bor.
E’tiboringizga ana shunday 10 ta transfer haqidagi ma’lumotlarni havola etamiz.
- Radja Nainggolan (“Roma”dan “Inter”ga)
2018 yili milanliklar belgiyalik futbolchi uchun 32,5 million evro to‘ladi. Bundan tashqari, Davide Santon va Nikola Dzanolo kabi iste’dodli yosh futbolchilarni Rim klubiga jo‘natishiga to‘g‘ri keldi.
- Kalidu Kulibali (“Napoli”dan “Chelsi”ga)
O‘tgan yili yozda “Chelsi” senegallik himoyachi uchun 32,5 million funt to‘ladi. Biroq, Kalidu Angliya futboliga moslasha olmadi. Transfer o‘zini oqlamadi.
- Leonardo Bonuchchi (“Yuventus”dan “Milan”ga)
Milanliklar Turin klubi afsonalaridan biri 36 million funtga tushgan.
- Paulino (“Barselona”dan “Evergrand”ga)
Braziliyalik himoyachini Osiyoga olib kelish uchun Xitoy jamoasi Kataloniya klubiga 36 million funt o‘tkazib bergan.
- Robert Levandovski (“Bavariya”dan “Barselona”ga)
“Barselona” 35 yoshli to‘purar uchun nemislarga 38,5 million funt to‘ladi.
- Miralem Pyanich (“Yuventus”dan “Barselona”ga)
Hamon odamni o‘ylantirib kelayotgan transfer. Kataloniyaliklar 31 yoshli futbolchiga 51 million funt to‘lab, transferga 24 yoshli Artur Meloni ham qo‘shib bergan.
- Kazemiro (“Real”dan “Manchester Yunayted”ga)
Erik ten Xag talabi bilan braziliyalik futbolchini olish uchun manchesterliklar 60,5 million funt sarfladi.
- Neymar (PSJdan “Al-Hilol”ga)
PSJ vaziyatdan foydalanib, so‘nib borayotgan yulduzini arablarga 77 million funtga pulladi.
2.Harri Keyn (“Tottenxem”dan “Bavariya”ga)
“Tottenxem” safida 435 ta o‘yinda 280 ta gol urgan Keyn nihoyat sovrinolmas jamoasidan qutildi. “Bavariya” superto‘purar uchun 85,7 million funt to‘ladi.
- Krishtianu Ronaldu (“Real”dan “Yuventus”ga)
“Yuventus” Chempionlar ligasini yutish uchun “REal”dan Ronalduni 100 million funtga sotib oldi. Uch yilda Krishtianu 101ta gol urdi, lekin Chempionlar ligasi bosh sovrinidan darak bo‘lmadi.
Fikrlar