"Qizilqum" mavsum startini Samarqandda boshlaydi!

  • 25 dekabr, 2024, 11:34
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avvalroq "Bunyodkor" stadioni 2025 yilgi mavsum Superliga uchrashuvlarini qabul qilish uchun ro‘yxatdan o‘tkazilgani e’lon qilingandi. 

Tecno

Keyinchalik "Dinamo" o‘z to‘p tepadigan Samarqanddagi stadion bilan tuzilgan shartnomani Liga ro‘yxatidan o‘tkazdi. Shuningdek, "Qizilqum" ham mazkur arenadan ijara asosida foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishdi. 

Ayni vaqtda Navoiydagi "Yoshlik" stadionini Superliga talablariga moslashtirish ishlari davom etmoqda. Reja bo‘yicha, stadion kelasi yilning mart oyi o‘rtalarida rasmiy uchrashuvlarni qabul qilish uchun tayyor bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, "Qizilqum" har ehtimolga qarshi Samarqanddagi stadion bilan kelishuv tuzdi. Ya’ni, Liga Navoiydagi stadionni ro‘yxatdan o‘tkazguniga qadar "Qizilqum" mavsumni qo‘shni viloyatda boshlab turadi.

O‘zPFL matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!