
"Qizilqum" rossiyalik legioner bilan shartnoma tuzilganini e’lon qildi
Yangi mavsumga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rayotgan “Qizilqum” jamoasi tarkibni kuchaytirish maqsadida navbatdagi transferni amalga oshirdi.
O‘tgan mavsumda Qozog‘istonning "Atirau" jamoasida harakat qilgan iste’dodli himoyachi Nikolay Tarasov "Qizilqum" jamoasi bilan 1 yillik shartnoma tuzdi.
Nikolay Tarasov haqida:
Tug‘ilgan sana: 25.02.1998
Tug‘ilgan joyi: Rossiya — Moskva
Maydondagi pozitsiyasi: Himoyachi
Oxirgi o‘ynagan jamoasi: "Atirau" (Qozog‘iston)
“Qizilqum” matbuot xizmati.
Fikrlar