
“Qizilqum” Toshkent yig‘inini yakunladi
Yangi mavsum uchun tayyorgarlikning ikkinchi qismini Toshkentda olib borgan Navoiyning "Qizilqum" klubining ushbu yig‘ini o‘z nihoyasiga etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Salkam bir oyga yaqin davom etgan yig‘in davomida navoiyliklar jamoa Superligada ishtirok etayotgan “Navbahor” (2 marta - 1:2, 1:3), “So‘g‘diyona” (2:1), “Buxoro” (0:2), “Metallurg” (2:2), “Qo‘qon-1912” (1:1), “Neftchi” (1:1), Pro-liga vakillari “Andijon” (3:1), “Mash’al” (2:0), “Oqtepa” (4:1) va Tojikistonning “Istiqlol” (1:1) klublari bilan nazorat uchrashuvlarini o‘tkazdi.
Ma’lumot uchun, “Qizilqum” Super liganing 1-turini Navoiyda 1 mart kuni amaldagi mamlakat chempioni va kubogi sohibi Toshkentning “Lokomotiv” klubi bilan o‘tkazadi.
Fikrlar