
"Qizilqum" va "Qo‘qon-1912" o‘yinida durang qayd etildi, Abduxoliqov qaytishini gol bilan nishonladi
Superliga 24-turi doirasidagi "Qizilqum" - "Qo‘qon-1912" o‘yinida tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Dastlab, qo‘qonliklar vakili Ilhom Vahobjonov hisobni ochdi. Bunga mezbonlar safida Temurxo‘ja Abduxoliqov 61-daqiqadagi gol evaziga javob qaytardi. Ma’lumot uchun, u diskvalifikatsiya tufayli jamoasiga bir nechta o‘yinda yordam bera olmayotgandi.
Mazkur durang natijasida mezbonlar ochkolari soni 36 taga etdi. Mehmonlar hisobida 22 ochko bor.
Fikrlar