
"Qizilqum"ning ikki etakchisi kelasi mavsumni boshqa jamoada o‘tkazishi mumkin
"Qizilqum" safidagi o‘yinlari bilan e’tiborga tushgan legionerlar Akaki Shulaya va Elguja Lobjanidzening Navoiy klubi bilan tuzgan shartnomasi bir oydan so‘ng, ya’ni 31 dekabr kuni yakuniga etadi.
Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, futbolchilar bilan Superliganing bir nechta klubi jiddiy qiziqib qolgan. Legionerlar bir nechta mahalliy jamoa e’tibor markazida turibdi.
"Qizilqum" yangi shartnoma berib ularni qolishga ko‘ndirishi lozim, ammmo bu oson bo‘lmaydi. Kelasi mavsumda elitadagi jamoalar soni ortishi, sinovdan o‘tgan futbolchilarga talabni oshiradi.
Ma’lumot uchun, Shulaya joriy mavsum Superligada 21 ta bahsda qatnashib, 4 ta gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi, Elguja esa 17 o‘yinda 8 bora raqiblari darvozasini ishg‘ol qildi.
Fikrlar